O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning Guandun provinsiyasiga tashrif buyurdi
O‘zbekiston Prezidenti Pekindan Xitoyning aholi soni bo‘yicha uchinchi shahri va Guandun provinsiyasidagi maxsus iqtisodiy zona hisoblangan Shenchjen shahriga yetib keldi. Viloyat partiya qo‘mitasi kotibi Xuan Kunmin bilan uchrashuvda hamkorlikni, birinchi navbatda, yuqori texnologiyali sohalarda kengaytirish muhokama qilindi.